Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Prorektor, ilmiy izlanuvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi


2021-yilning 22-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori Sh.Аshurov tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik hamda stajyor tadqiqotchilik institutiga qabul qilingan ilmiy izlanuvchilar bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuv jarayonida ilmiy ishlar innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi boshligʼi B.Turobov, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi xodimi А.Baxronov hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi.

Jarayon davomida 1-bosqichga qabul qilingan ilmiy izlanuvchilar "Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi nizom hamda normativ hujjatlar bilan tanishtirildi va kelgusida qilinadigan ishlar borasida kerakli ko'rsatmalar berildi. Uchrashuv ilmiy ishlar va innovatsiyalar bilan bog'liq qizgʼin savol-javoblarga boy tarzda davom etdi. Tadqiqotchilar ilmiy ishlari yuzasidan oʼzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish