Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga yetkazilmoqda


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotidagi eng muhim voqea bo’ldi. 2017-yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko’rsatkichlar, yangi yilga mo’ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi.

2020-yilning 29-dekabrida muhtaram yurtboshimizning Oliy Majlisga hamda xalqimizga qilgan Murojaatining mazmun-mohiyatini Samarqand davlat chet tillar institutining jamoasiga hamda talaba-yoshlariga yetkazish maqsadida institutda katta tadbir tashkil etildi.

Unda institut rahbariyati vakillari, Samarqand viloyat IIB tashkiliy boshqarma boshlig’ining o’rinbosari M.Kattaqulov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Suyunov, “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri R.Shodiyev, ushbu kafedra o’qituvchisi I.Hamdamov, shuningdek, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlar birma-bir so’zga chiqishib, davlat rahbarining Murojaatnomasida belgilanganidek mamlakatimizda yurt kelajagi bo’lmish yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotganligi hamda bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish joizligi, shuningdek, ta’lim tizimida, xususan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida batafsil gapirib o’tildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish