Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Oliy ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimi haqida bilasizmi?


Samarqand davlat chet tillar institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov Roman-german tillari fakultetida tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv jarayonida fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, fakultet professor-o’qituvchilari, shuningdek, talabalar ishtirok etishdi.

Jarayon davomida prorektor muhtaram Prezidentimizning xalqimizga qilgan Murojaatnomasida aynan yoshlarga va ularning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratilgani, shuningdek, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishining kengaytirilishi, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida ham yurtboshimiz Murojaatnomasi asosida bir qator istiqbolli rejalar tuzilib, amaliy ishlar boshlab yuborilganligi xususida so’z yuritdi.

Shuningdek, oliy ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimi haqida ham talabalarga batafsil tushuncha va ko’rsatmalar berib o’tdi.

Ayni damda pandemiya davrining hali davom etayotgani, barcha birgalikda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishi, antiseptik vositalar hamda tibbiyot niqoblaridan muntazam foydalanish joizligini ham aytib o’tdi jarayon doirasida institut o’quv ishlari bo’yicha prorektor Fazliddin Ro’ziqulov.

Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga boy tarzda davom etdi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Zarnigor Ismoilova,

"Yosh-jurnalist" klubi a'zosi

chop etish