Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Xalqaro Islom akademiyasi va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida qizlar forumi tashkil etiladi


Bugun, 23-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasida tahsil oluvchi 30 ga yaqin talaba-qizlar do’stona hamkorlik qilish, birgalikda ilmiy-ijodiy ishlar qilish maqsadida tashrif buyurishdi va mehmonlarni institut Yoshlar ittifoqining faol talaba-qizlari kutib olishdi.

Tashrif jarayonida institut faollar zalida ikki oliygohda tahsil oluvchi talaba-qizlar o’rtasida ko’tarinki kayfiyatda davra suhbati tashkil etildi. Jarayon doirasida har ikki oliygoh talabalari o’zaro fikr hamda takliflar almashishdi. Shuningdek, O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabalari xorijiy tillarni (ingliz, fransuz, nemis kabilar) o’rganishda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish, shuningdek, bu kabi davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkil etish taklifini bildirishdi va navbatdagi davra suhbati O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasida tashkil etilishi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti talaba-qizlarini kutib qolishlarini ta’kidlab o’tishdi.

Jumladan, jarayon davomida talabalar bir-birlariga o’zlarining iqtidorlarini namoyon etishdi va kelgusida talaba-qizlar o’rtasida besh muhim tashabbus doirasidagi respublika forumini tashkil etish va ushbu forumni “Hozirgi zamon ayoli” deb nomlashga kelishildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish