Bosh sahifa Yangiliklar Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

Talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o’yinining o’tkazilishi an’anaga aylanmoqda


Samarqand davlat chet tillar institutining talabalar turar joyida an'anaga aylanishi kutilayotgan "Zakovat" intellektual o’yiniga start berildi.

“Zakovat” intellektual o’yini institut talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi zukko talabalarning o’z bilimlarini namoyon etishga mo’ljallangan bo’lib,  ushbu o’yin institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo’nalishi sardori J.Isroilov tashabbusida tashkil etildi va bunda iqtidorli talabalarni kashf qilish maqsad qilingan.

“Zakovat” o’yinida jami bo’lib 4 ta jamoa ishtirok etdi. Bular “Intellekt”, “Everest”, “Kaktus” hamda “Yog’du” jamoalari.

Jamoalar ichida "Intellekt" jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. “Everest” jamoasi 2-o’rinni, “Yog’du” jamoasi esa 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

O’tkazilgan ushbu o’yinning eng yaxshi bilimdoni M.Muzrobov deb topildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish