Bosh sahifa Yangiliklar Grantlar va stipendiyalar

Diqqat, Germaniyaga talabalar uchun grant e’lon qilindi


Samarqand davlar chet tillar instituti

2021-2022 o‘quv yilining 1-semestrini Germaniyaning Myunxen til va tarjima Xalqaro Universitetida grant asosida o‘qishni istaysizmi?

SamDCHTI va Germaniyaning Myunxen til va tarjima instituti – Xalqaro amaliy fanlar Universiteti hamkorligidagi “Erasmus+ International Credit Mobility” loyihasi doirasida “Amaliy tarjima (nemis-rus)” bo‘yicha stajirovka o‘tash uchun SamDCHTI talabalariga tanlov asosida ikkitagacha o‘rin ajratiladi.

Tanlovda faqat SamDCHTI bakalavriat yo‘nalishlarida nemis tilini (birinchi yoki ikkinchi til sifatida) o‘qiyotgan 1, 2, 3- kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar va shartlar:

  1. Nemis tili bo‘yicha til bilish darajasi sertifikati (“TestDaF”, “Goethe Institut-Zertifikat”, “DSH” (kamida B1 darajada; B2+ tavsiya etiladi).

Eslatib o’tamiz, “OnDAF/OnSet”sertifikati qabul qilinmaydi.

  1. Rus tilini kamida B1 darajada bilish (sertifikat talab etilmaydi).
  2. CV (“europass.cedefop.euopa.eu” formatda, ingliz yoki nemis tilida).

O‘qish muddati: 2021-yil 3-sentabrdan  2022-yil 28-fevralgacha

Tanlov tartibi:

Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar talab etilgan hujjatlarni hamda reyting daftarchasini Xalqaro hamkorlik bo’limiga taqdim etishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

1-bosqichda:

Talabalarning nemis va rus tillarida amaliy tarjima qilish qobiliyati bo‘yicha imtihon o‘tkaziladi.

1-bosqichdan o‘tmagan talabalar keyingi bosqichda ishtirok etmaydi.

2-bosqichda:

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodning hujjatlari Germaniyaning Myunxen til va tarjima Xalqaro Universitetiga tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan nomzod va Germaniyaning Myunxen til va tarjima Xalqaro Universiteti mutaxassislari o‘rtasida intervyu suhbati o‘tkazladi va stipendiya ajratish yoki ajratmaslik bo‘yicha qaror chiqariladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2021-yil 5-fevralgacha


Murojaat uchun: SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo’limi, Nemis tili va adabiyoti kafedrasi

Tel.: +99866 238 29 52

E-Mail: intdep@inbox.ru

chop etish