Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

SamDCHTI talaba-yoshlari o’rtasida davra-suhbati tashkil etildi


Bugungi kunga kelib yoshlar mamlakatimizda yetakchi kuchga aylandi, iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida yoshlar asosiy rolni o’ynamoqda. Mamlakatimizni tanitishda yoshlar o’zlarini butun dunyoga namoyon etmoqda. Biroq bunyodkorlikdan yiroqda bo’lgan, o’zlarining xulq-atvorlari bilan jamiyatga zid bo’lgan hodisalarni yuzaga keltirayotgan yoshlarimiz ham afsuski yo’q emas.

Giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik, fohishalik kabi sog’lom turshmush tarziga mos kelmaydigan holatlar yoshlar o’rtasida yuqumli kasalliklarni, jumladan, OIV hamda OITS kabi zararli kasallilarni yuzaga keltirmoqda.

Joriy yilning 3-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga  Samarqand  IIB jinoyat qidiruv bo’limi o’ta muhim ishlar bo’yicha tezkor vakili podpolkovnik A.Haydarov, Samarqand viloyat OITS ga qarshi kurash markazi shifokori D.Umarova, Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi tezkor vakili D.To’raqulov, Samarqand viloyat Milliy gvardiyasi leytenanti J.Mavlonov, Samarqand viloyat Narkologiya dispanseri vrachi J.Mo’minovlar tashrif buyurishdi hamda institutda tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Jarayonida yoshlarda kuzatilayotgan giyohvandlik va ichkilikbozlik holatlarining oldini olish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, turli xil kasalliklarga chalinib qolishning salbiy oqibatlari, OITS va OIV virusli kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari, shuningdek, talaba yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish kabilar to’g’risida so’z yuritildi.

Jarayon qizg’in savol-javoblarga boy tarzda davom etdi. Jumladan, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar olishdi.    

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati  

chop etish