Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

AQSHlik mutaxassis Ashley Marion Lane xonim Samarqand davlat chet tillar institutida o'z faoliyatini boshlaydi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti ham o‘quv jarayonlariga ko‘plab xorijlik mutaxassislarni taklif etmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va AQSH hukumati o‘rtasida imzolangan “Ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumi” hamda SamDCHTI va AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan “Fulbright English Teaching Assistant” loyihasi asosida 2021-yilning 10-fevralidan 30-dekabriga qadar AQSHlik ingliz tili mutaxassisi Ashley Marion Lane xonim Samarqand davlat chet tillar institutiga taklif etildi.

Jumladan, bugun, 10-fevral kuni institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov, AQSHlik mutaxassis Ashley Marion Lane xonim va boshqalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda endilikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli rejalar xususida fikr-mulohazalar almashinildi. Shuningdek, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan umumiy oʼrta taʼlim maktablarining o‘quvchilari uchun moʼljallangan “English Access Microscholarship Program” loyihasi asosida faoliyat ko‘rsatishi ham belgilab olindi.

“English Access Microscholarship Program” loyihasi Samarqand shahrida joylashgan umumiy oʼrta taʼlim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning ingliz tilini bilish darajasini oshirish va kelgusida xalqaro til bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarni qiyinchiliklarsiz qoʼlga kiritish imkonini beradi.

Shuningdek, jarayon doirasida AQSHlik mutaxassis Ashley Marion Lane xonim “English Access Microscholarship Program” loyihasi asosida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar bilan ham suhbatlashdi. Suhbat davomida xorijlik hamda mahalliy ingliz tili mutaxassislari o‘rtasida tarjiba almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish