2021-yilning 12-fevral kuni Yaponiyaning Iryo Sosei universiteti vitse-prezidenti professor Nabutaka Taguchi va AOIKAI tibbiy korporatsiyasi Tokiyo universiteti talabasi Jumayev Rahmonalilar ishtirokidagi delagatsiya SamDCHTIga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida rasmiy uchrashuv tashkil etildi va unda Iryo Sosei universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish muhokama qilindi hamda bu borada fikr-mulohazalar almashinildi.
Shuningdek, Yaponiya delegatsiyasi tomonidan institut faollar zalida SamDCHTI “Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Iryo Sosei universiteti ta’lim dasturlari, xorijlik hamda mahalliy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
SamDCHTI Axborot xizmati