Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

4-bosqich talabalari pedagogik amaliyotni yakunlashdi


Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari o‘zlariga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagogik amaliyotni o‘tash uchun yuborilgan edi.

Amaliyot jarayonida talabalar maktabning tashkiliy tuzilmasi, maktab rahbariyati, jamoasi, o‘qituvchi va sinf rahbarining ish rejasi, fan bo‘yicha kalendar rejasi, dars ishlanmalari, sinf jurnallari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishdilar.

2021-yil 9-fevraldan boshlab Ingliz tili-I fakultetida fakultet dekani hamda “Ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti” kafedrasi o’qituvchilari pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalardan hisobotlar qabul qilishmoqda.

Talabalar pedagogik amaliyot davrida kuzatgan darslari tahlili, o‘tilgan darslar hisoboti, dars jarayonida qo‘llagan pedagogik va innovatsion metodlar va shu kabilar bo‘yicha bajargan ishlari yuzasidan ingliz tilida hisobot berishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish