Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Yil talabasi – 2020” respublika tanlovi g’oliblari va louriantlar taqdirlanishdi


Joriy yilning 16-fevral kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 26-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Yil talabasi” respublika tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimini o’tkazish to’g’risida”gi 46-son buyrug’i asosida tashkil qilingan “Yil talabasi-2020” respublika tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Tadbirni tashkil etishda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi va Toshkent shahridagi Inha universiteti mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhi a’zolari faol ishtirok etishdi.

Ko’rik-tanlovdan ko’zlangan asosiy maqsad iste’dodli va shijoatli yoshlarni kashf etish, jamiyat va davlat farovonligi yo’lida yetuk kadrlarni tayyorlash hamda yoshlarning qalbida vatanparvarlik ruhini tarbiyalash, intellektual salohiyatini yanada oshirish, oliy o’quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni rag’batlantirib, o’z iqtidorini namoyon etishiga imkoniyat yaratishdir.

Tanlovning birinchi bosqichi – oliy ta’lim muassasalarida o’tgan yilning 30-sentabridan 31-oktabrgacha o’tkazildi. Mazkur bosqichda ja’mi 7000 dan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etgan bo’lib, shundan OTMlardan ja’mi 427 nafari respublika bosqichiga saralab olindi.

Tashkiliy qo’mitaning yakuniy xulosasiga ko’ra ushbu tanlovda 21 nafar talaba g’oliblikni qo’lga kiritishdi. G’olib bo’lgan iqtidorli talabalar pul mablag’i, maxsus diplom va kitoblar jamlanmasi bilan mukofotlandi. Shuningdek, jarayon davomida 14 nafar louriantlar ham faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish