Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Jamoat bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Aleksis Sallivan Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi


Bugun, 16-fevral kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Jamoat bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Aleksis Sallivan Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi va institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashdi. Uchrashuvda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shahobiddin Ashurov, Ingliz tili-II fakulteti dekani Otabek Yusupov hamda xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Bahodir Berdialiyevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, mavjud “Access” loyihasini rivojlantirish, Samarqand davlat chet tillar institutiga AQSHlik ingliz tili mutaxassislarini jalb etish, dars jarayonlarida foydalanish uchun o’quv adabiyotlarini ko’paytirish borasida taklif hamda fikr-mulohazalar almashinildi.

Uchrashuvdan so’ng Aleksis Sallivan Elchixona granti asosida amalga oshirilayotgan 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan maktab o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha “English Access Microscholarship Program” loyihasi ishchi guruhi bilan uchrashdi va loyihaning faoliyatini takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilindi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish