Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand davlat chet tillar institutida ko’chat ekish aksiyasi bo’lib o’tdi, unda kimlar ishtirok etdi?


Davlat ekologiya qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillardagi O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholining atrof-muhitni muhofaza qilishga o’z hissasini qo’shishga ko’maklashish, yashil bog’larni, o’rmonzorlarni barpo etish maqsadida 2021-yil 20-fevraldan 3-martga qadar respublika bo’ylab ko’chat ekish aksiyasi o’tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 17-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi Narzullo Oblomurodov, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʼi Davron Ochilov hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat Ekologik partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi Azamat Qurahmedovlar tashrif buyurishdi va institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashishdi.

Shuningdek, jarayon doirasida respublika bo’ylab o’tkazilayotgan ko’chat ekish aksiyasi Samarqand davlat chet tillar institutida ham tashkil etildi. Tashrif buyurgan mehmonlar ushbu aksiyada ishtirok etishib, daraxt ekishda o’z hissalarini qo’shishdilar.

Jarayon davomida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi Narzullo Oblomurodov Samarqand davlat chet tillar instituti prorektorlari Otabek G’aybullayev va Zafar Kuziyevlarga hamda institutning texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi boshlig’i Bahodir Yalgashevlarga partiya azolik biletini topshirdi.

Narzullo Oblomurodov ketish oldidan institut kutubxonasi uchun Qizil kitobni sovg’a qildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish