Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchilari O.Yadgarova va Sh.Mardiyevalar Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o’quvchilari ishtirokida "Maqsadga erishishda motivatsiyaning o'rni" mavzusida psixologik trening o'tkazishdi. Trening talabalarni o'ziga bo'lgan ishonchini oshiruvchi video rolik bilan boshlandi.
Jarayon davomida "Stressni yengish" va "Hayot charxpalagi" nomli psixologik mashg'ulotlar o'tkazildi. Bunda o’quvchilar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Psixologik mashg'ulot davomida o’quvchilar maqsadga erishish yo'lida mavjud to'siqlar bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar va tavsiyalar olishdi.
Trening yakunida mavzu nomidan kelib chiqqan holda faol qatnashgan barcha o’quvchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati