Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Past Darg’om tuman umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan nemis tili o’qituvchilari ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tdi


Samarqand davlat chet tillar institutida Past Darg’om tuman Xalq ta’lim bo’limiga qarashli barcha umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan nemis tili o’qituvchilari va  hozirgi vaqtda “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasida faoliyat olib borayotgan Germaniyaning DAAD tashkiloti lektori Anton Umbach, shuningdek, institut professor-o’qituvchilari ishtirokida “Nemis tilini o’qitishda samarali metodlar” mavzusida amaliy seminar-trening bo’lib o’tdi.

Tashrif buyurgan o’qituvchilarga Anton Umbach va institut professor-o’qituvchilari nemis tilini o’qitishda samarali metodlardan foydalanish to’g’risida tushuncha va ko’rsatmalar berib o’tishdi. Jumladan, nemis tilini qo’shiqlar orqali va turli xil qiziqarli o’yinlar orqali o’rgatish bo’yicha bir nechta samarali usullar haqida fikr hamda mulohazalar almashinildi.

Jarayon yakunida seminar-trening ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish