Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Past Darg’om tumanining umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda


Bugungi kunda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan taʼlim-tarbiya tizimini, ayniqsa xalq taʼlimi tizimini isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarimizning zamonaviy bilim va tajribalarni egallashi, jahon bozori talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Maʼlumki, soʼnggi paytlarda xalq taʼlimiga katta eʼtibor qaratilib, “Yangi Oʼzbekistonning poydevori maktabdan boshlanadi” shiori ostida koʼplab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli "Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoni hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PQ-4884-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur farmon hamda qaror mamlakatimizda taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, oʼqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʼlgan hurmat-eʼtiborni yanada oshirish, taʼlim oluvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratildi.

Institut taʼlim sifatini oshirish hamda chet tillarni oʼqitishni yanada takomillashtirish boʼyicha bir qator xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2020-2021 oʼquv yilida АQSh elchixonasining 2020-2022 yillarga moʼljallangan “English Access Microscholarship Program” maktab oʼquvchilari uchun ingliz tilini oʼrgatish loyihasini qoʼlga kiritdi.

Mazkur loyiha АQShning Oʼzbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan SamDCHTIda tashkil etildi, shuningdek, Samarqand shahrida joylashgan umumiy oʼrta taʼlim maktablari uchun moʼljallangan boʼlib, loyihaning maqsadi oʼquvchilarda ingliz tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan.

Samarqand davlat chet tillar institutida institut professor-o’qituvchilari hamda Past Darg’om tuman Xalq ta’lim bo’limiga qarashli maktab o’qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Ingliz tili-I fakulteti dekani A.Ismoilov “Xorijiy tillarni o’qitishda pedagogik va psixologik ko’nikmalarning ahamiyati” mavzusi doirasida o’z fikr hamda takliflarini bildirib o’tdi. Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov esa АQSh elchixonasining 2020-2022 yillarga moʼljallangan “English Access Microscholarship Program” maktab oʼquvchilari uchun ingliz tilini oʼrgatish loyihasining ahamiyatli darajasi va qulaylik tomonlari haqida so’z yuritdi.

Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga boy tarzda yakunlandi. Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan barchga o’qituvchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish