Bosh sahifa Yangiliklar Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

"Zakovat" intellektual o’yinining navbatdagi g’olibi kim bo’ldi?


Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish va ularning intellektual bilimini sinash bo’yicha navbatdagi "Zakovat" intellektual o’yinining yana bir soni muvaffaqiyatli o’tkazildi.  

Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Erali Raxmatov va "Zakovat" intellektual o’yinining tashkilotchisi va boshlovchisi Roman-german tillari fakulteti talabasi Jalol Isroilov hamkorligi va tashabbusi bilan bo’lib o’tgan o’yinga o’quv dargohimizning rektori Ilxomjon Tuxtasinovning ham tashrifi barchada katta taassurot qoldirdi.

Ushbu musobaqada talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokidagi jamoalaridan, "Diamond", "Everest", "Intellekt" va "Yog’du" jamoalari ishtirok etishdi. Fikr-mulohazlarga boy bo’lgan bilim bellashuvida g’olibni aniqlash biroz murakkab bo’ldi. Chunki, o’yin yakunida ikkita jamoa bir xil natija bilan tashabbusni o’z qo’llariga olishdi.

Qo’shimcha savollar berilganidan keyin "Everest" jamoasi o’z kuchini ko’rsatdi va g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz, "Zakovat" o’yinlari har chorshanba institut talabalar turar joyida bo’lib o’tadi.

Hurmatli ustozlar va aziz talabalar! O’zingiz uchun qiziq va kamyob bo’lgan ilmiy va mantiqiy savollaringizni "Zakovat" intellektual o’yini uchun quyidagi @Amir_Jalolxon telegram manzilga yuboring va o’z bilimingizni namoyish eting. Har bir savol biz uchun muhim ahamiyatga ega.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Jalol Isroilov,

"Zakovat" intellektual o’yinining tashkilotchisi

chop etish