Bosh sahifa Institut

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining hamkorlik aloqalari


Kafedrada jami 30 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 29 nafari asosiy shtatda, 1 nafari o’rindoshlik asosda faoliyat yuritadi. Ularning 5 nafari ilmiy darajaga ega, 3 nafari asosiy shtatda: 1 nafar dotsent va ikki nafar filologiya fanlari nomzodi faoliyat olib boradi. 2 nafar tashqi o’rindoshlik asosida: 1 nafar filologiya fanlari nomzodi va 1 nafar filologiya fanlari doktori faoliyat olib boradi. Ushbu professor-o’qituvchilarning 2 nafari, kafedra dotsenti Abdullaeva Lyudmila Xadievnaga Rossiya federatsiyasining Moskva Davlat Universiteti tomonidan (1982 yil 23-aprel sanasida) filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi va tashqi o’rindosh sifatida faoliyat olib boradigan kafedra professori Qulmamatov Do’smamat Sattorovich (1996 yil 30-may sanasida) Moskva Davlat Pedagogika Universiteti tomonidan filologiya fanlari doktori ilmiy unvoni berilgan. Kafedrada ilmiy-tadqiqot yo’nalishi bo’yicha ustoz-shogird tizimi yo’lga qo’yilgan.

chop etish