Bugun, 4-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Avstraliyaning Griffit universiteti mutaxassisi Dr.Chiharu Tsurutani tashrif buyurdi hamda institut rektori Ilxomjon Tuxtasinovning qabulida bo’ldi.
Shuningdek, qabul davomida uchrashuv tashkil etildi. Institut tarixi hamda faoliyati, jalb etilgan xorijlik mutaxassislar, mahalliy professor-o’qituvchilar faoliyati, xorijda tahsil olayotgan institut talabalari, hozirda davom etayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari to’g’risida so’zlab o’tdi institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov.
Endilikda Griffit universiteti mutaxassisi Dr.Chiharu Tsurutani Ingliz tili II hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlarida faoliyat ko’rsatadi hamda talabalarga ingliz va yapon tillaridan saboq beradi.
SamDCHTI Axborot xizmati