Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Mahalliy maktab o‘quvchilari uchun mo’ljallangan “Summer Camp – 2021” loyihasi qanday loyiha?


2021-yil 12-mart kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlaridan iborat delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibi elchixonaning madaniy hamkorlik ofisi boshlig‘i o‘rinbosari Joan Kramb, Fulbright dasturi ilmiy xodimi Frishta Kaderi, “Summer Camp – 2021” loyihasi bo‘yicha mas’ul Robert Dun, jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xodimi Saida Choriyeva hamda AQSH ta’limi dasturlari bo‘yicha muharrir Jamila Nasriddinovalardan iborat bo’ldi.

Tashrif davomida institutda faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilari hamda talabalar uchun taqdimot bo’lib o’tdi. Taqdimotda AQSH elchixonasi grant-dasturlari, AQSH universitetlariga o‘qishga kirish imkoniyatlari, buning uchun qo’yiladigan talablar, shartlar hamda  imkoniyatlar, shuningdek, Fulbright dasturining grantlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o’tildi.

Taqdimotdan so’ng institut hovlisidagi “Lingvopark”da barcha qiziquvchilar uchun AQSH universitetlariga o‘qishga kirish imkoniyatlari, talablari hamda imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlar berildi.

“Summer Camp2021” loyihasi haqida

Tashrif so’ngida Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i B.Berdialiyev, elchixonaning madaniy hamkorlik ofisi boshlig‘i o‘rinbosari Joan Kramb hamda bir nechta professor-o’qituvchilar birgaligida joriy yilning iyun-iyul oylarida respublikamiz maktablarining 9-10 sinf oʼquvchilari va akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-bosqich o'quvchilari uchun mo'ljallangan yozgi maktabni (“Summer Camp2021” loyihasi) SamDCHTIda tashkil qilish  masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, yozgi maktab ishtirokchilarini tanlab olish masalalari, tanlov tartibi, ariza topshirish tartibi, ariza mazmuni, oʼquvchilarni yotoqxonaga joylashtirish, darslarni tashkil etish, yozgi maktab uchun oʼqituvchilarni qabul qilish va tayyorlash, darslarning oʼquv dasturlarini tayyorlash kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish