Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Sangshin ayollar universiteti bilan hamkorlikda 2+2 shaklidagi qo’shma ta’lim dasturi joriy etiladi


Bugun, 2021-yilning 19-mart kuni Janubiy Koreyaning Sangshin ayollar universiteti xorijlik talabalarni jalb etish boʼyicha menejeri Sanguk Bik ishtirokidagi mehmonlar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar hamda institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov ishtirokidagi xodimlar bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki tomon o’rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini hamda qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish borasida fikr va takliflar almashinildi.

Uchrashuv so’ngida Sangshin ayollar universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida 2+2 shaklidagi qo’shma ta’lim dasturini joriy etishga kelishildi va ushbu daturni tizimda yo’lga qo’yish maqsadida koreyalik mehmonlar va Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish