Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Samarqand davlat chet tillar institutiga xorijiy tajribaga ega koreys tili mutaxassislari jalb etiladi


2021-yil 25-mart kuni Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha bosh koordinatori Park Chonsook xonim Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi va mehmonlar hamda institut xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Bahodir Berdialiyevlar o’rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida KOICA tashkiloti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari va amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Kelajakda koreys tilini o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ko‘ngilli koreys tili mutaxassislarini SamDCHTIga jalb qilish hamda mahalliy koreys tili o’qituvchilarining tajribasini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Rasmiy uchrashuvdan so’ng tashrif buyurgan mehmonlar institutda faoliyat olib borayotgan koreys tili o‘qituvchilari bilan ham uchrashib, ularning takliflarini tinglashdi, koreys tili dars jarayonlari va kelajakdagi rejalar xususida fikr hamda takliflarni almashishdilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish