Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDCHTI professor-o’qituvchilari viloyatlardagi oliygohlarda master-klass mashg’ulotlarini o’tishmoqda


Samarqand davlat chet tillar instituti pedogogika fanlari doktori, professor M.Lutfullayev bir nechta viloyatlarning oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, Andijon davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Farg’ona davlat universiteti hamda TATU Farg’ona filialida bo’ldi.

M.Lutfullayev oliy ta’lim muassasalariga tashrifi chog’ida har bir institut hamda universitetlarning professor-o’qituvchilari va magistrantlari ishtirokida “Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb-ilovalardan foydlanib o’qitish metodikasi” mavzusida master-klass dars mashg’ulotlarini o’tdi.

Dars mashg’ulotlari bir nechta yo’nalishlar va bosqichlarda tashkil etildi. Jumladan,

— Ta’lim jarayonida veb-ilovalar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, veb ilovalardan foydalanish omillari, qoidalari, shartlari hamda afzalliklari ko’rgazmali tarzda tushunturib o’tildi.

— Veb-ilovalarda keng qo’llaniladigan PhET dasturi asosida virtual laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ma’lumotlar berildi.

— Kompyuter imitatsion modellari asosida botanika, biokimyo fanlari amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun virtual resurslarni yaratish jarayoni namoyish etildi.

Master-klass mashg’uloti yakunida professor M.Lutfullayev ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o’tdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish