2021-yil 31-mart kuni Ingliz tili-II fakultetida xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili kechki ta’lim yo‘nalishi 114-guruh talabalari, guruh rahbari Sh.Suyunov hamda talabalarning ota-onalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ijarada istiqomat qiladigan talabalarning yashash sharoitlari bilan doimiy tanishib borish, ularning ta’lim olish sifati, kiyinish madaniyati, to‘lov-shartnoma masalalari hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish, jumladan, yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilidan ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimi to‘g‘risida ota-onalarga batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida talabalarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati