Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o’yinining navbatdagisida qaysi jamoa g'olib bo'ldi?


Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan hamda talabalar turar joyida an'anaga aylangan "Zakovat" intellektual o’yinining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.

“Zakovat” intellektual o’yini institut talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi zukko talabalarning o’z bilimlarini namoyon etishga mo’ljallangan bo’lib, bunda iqtidorli talabalarni kashf qilish asosiy maqsad qilib olingan.

“Zakovat” o’yinida jami bo’lib 8 ta jamoa ishtirok etdi. Bular “Intellekt”, “Everest”, “Yog’du”, "Lotus", "Liderlar", "Curiosity", "Heksegon" hamda "Yuksalish" jamoalari.

Jamoalar ichida "Yog'du" jamoasi 1-o'rinni, “Intellekt” jamoasi 2-o’rinni, “Everest” jamoasi esa 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

O’tkazilgan ushbu o’yinning eng yaxshi bilimdoni (qizlar o'rtasida) M.No'monova hamda (o'g'il bolalar o'rtasida)  S.Komiljonovlar deb topildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish