Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

"Ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari va natijalarining e’lon qilinishi" mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi


Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat yuritayotgan doktorantlar va yosh o‘qituvchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchilarga zaruriy tavsiyalar berish maqsadida joriy yilning 5-aprel kuni "Ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari va natijalarining e’lon qilinishi" mavzusidagi ilmiy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ilmiy mavzu va ixtisoslik shifrlarini tanlashdan boshlab himoyagacha bo‘ladigan ilmiy jarayonlar haqida ma’lumotlar to'g’risida so’z yuritildi. Qolaversa, dissertatsiyaning yozilishi, uning tuzilishi, har bir bobda qanday jihatlarga e’tibor qaratish kerakligi, adabiyotlar ro‘yxatini tuzish, havola (snoska)larni rasmiylashtirish kabi masalalar chuqur tahlil qilindi.

Shu bilan birgalikda ilmiy maqolalar chop etish, iqtiboslik darajasini oshirish, xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida "InScience" kompaniyasi bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘zaro maqsadli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

"InScience" kompaniyasining asosiy maqsadi yetakchi olimlar, ekspert-tahliliy va akademik doiralar uchun mustaqil munozaralar maydonchasini yaratish, shuningdek, dunyoning ilg‘or tadqiqot va ta’lim muassasalarining innovatsion g‘oyalarini muhokama qilishdan iborat.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish