Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

“Biz yoshlar giyohvandlik, psixotrop moddalar va OITSga qarshimiz” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi


Joriy yilning 5-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Biz yoshlar giyohvandlik, psixotrop moddalar va OITSga qarshimiz” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat-qidiruv Bosh boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik A.Matlubov, Samarqand viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo’limi boshlig’i S.Hasanov, viloyat Narkologiya dispanseri vrachi G’.Ravshanov, viloyat Milliy gvardiyasi xodimi J.Mavlonov hamda viloyat OITS markazi direktori M.Burxonovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, giyohvandlik va psixotrop moddalariga qarshi kurashishni kuchaytirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, OITS infeksiyasining yuqish yo’llari hamda uning oldini olish choralari va yuqish xavfini kamaytirish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berib o’tildi.

Uchrashuv jarayonida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan atroflicha javob olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish