Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Konfutsiy instituti direktor Li Chenxu Urgut tumanidagi 41-maktabga bordi


Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Viloyatning olis hududi, Urgut tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 41-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti hamkorligida “Xitoy tili va madaniyati markazi” hamda professor Shahriyor Safarov kutubxonasi tashkil qilinganligi hamda joriy yilning 27-yanvar kuni uning ochilish marosimi bo’lib o’tganligi haqida avval xabar bergan edik.

SamDCHTI Konfutsiy instituti direktor Li Chenxu hamda institut professor-o’qituvchilari Urgut tumanidagi 41-maktabda faoliyat yuritayotgan Konfutsiy institutining filialiga tashrif buyurishdi. Direktor Li Chen xitoy tiliga qiziquvchi o'quvchilar bilan uchrashib, ular ishtirokida ochiq dars mashg’ulotini o'tkazdi. Dars so'ngida iyeroglif yozish uchun qulay bo'lgan daftarlarni sovg'a sifatida tuhfa qildi.

Qo’shimcha ma’lumot sifatida, “Xitoy tili va madaniyati markazi”ga zamonaviy kompyuterlar, proektorlar hamda o’quvchilar kelib, mashg’ulotlar olib borishi uchun barcha jihozlar o’rnatilgan. Markazga, shuningdek, xitoy tili va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar, xitoy xattotlik san’ati vositalari yetkazib berilgan. 18 nafar o’quvchi bilan mashg’ulot olib borishga mo’ljallangan sinfxona barcha kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.

Yangi ochilgan kutubxona Shahriyor Safarovning o’zi ta’lim-tarbiya olgan ilm maskaniga chuqur ehtirom va tug’ilib o’sgan qishloq yoshlari ma’naviy kamol topishi yo’lida g’amxo’rlik ramzi sifatida tashkil qilingan ma’naviyat maskanidir. Kutubxonadan olti turkumga mansub 2000 ga yaqin nodir kitoblar o’rin olgan. Shu bilan bir qatorda, xotirasiga 10 000 dan ortiq elektron kitob, 150 ga yaqin ingliz tilidagi filmlar yuklangan  kompyuter to’plami ham foydalanishga topshirilganki, bu ham, albatta, foydalanuvchilar dunyoqarashi kengayishiga xizmat qiladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish