Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Elektron raqamli imzo nima ekanligini bilasizmi?


Bugun, 6-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili-I va Ingliz tili-II fakultetlarida tahsil oluvchi bitiruvchi bosqich talabalari, professor-o’qituvchilari hamda Samarqand viloyat Davlat xizmatlar agentligi bosh boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori F.Ro’ziqulov kirish so’zi bilan ochib berdi va yakuniy davlat attestatsiyasiga hozirdan tayyorlanib borish lozimligi, tayyorgarlik ko’rish uchun imtihon oldi namunaviy savollar barcha bitiruvchi bosqich talabalariga yetkazilishini ta’kidlab o’tdi.

Elektron raqamli imzoning nima ekanligi, uni qanday olish kerakligi, uning uchun qo’yiladigan shartlar, talablar va qoidalari, shuningdek, tartibi haqida batafsil tushunchalar berib o’tdi Samarqand viloyat Davlat xizmatlar agentligi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Xayitov.

Elektron raqamli imzoni masofadan turib olish yo’l-yo’riqlarini o’zida aks ettiruvchi videorolik ham bitiruvchi bosqich talabalariga namoyish etildi.

Qo’shimcha ma’lumot, elektron raqamli imzoni olgandan so’ng 2 yil davomida amal qiladi. Elektron raqamli imzoni olishda jismoniy shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida, yuridik shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida davlat bojini to’lashadi.

Elektron raqamli imzoni olish yo'riqnomasi

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish