Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

“Biz adolatli va sog‘lom dunyoni barpo etamiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi


Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili – II fakultetida "Butunjahon salomatlik kuni"ga bag‘ishlab “Biz adolatli va sog‘lom dunyoni barpo etamiz”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Sog‘liqni saqlash milliy palatasi Samarqand hududiy bo‘linmasi mutaxassisi D.Normatova, Salomatlik maslahat markazi vrachi Y.Sattorova, SamDCHTI "Ibn Sino markazi" raisi D.Alimjanova, Ingliz tili – II fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari SH.Davronov, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Karimova hamda birinchi bosqich  talabalari  ishtirok etishdi.

Shuningdek, talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bu borada institutda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinayotgani, sog‘liqni saqlash huquqi irqi, dini yoki ijtimoiy mavqeyidan farq qilmasdan har qanday shaxsning ajralmas asosiy huquqi sifatida amal qilishi, sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlari hamda pandemiyaning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida so’z yuritildi jarayon davomida.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish