Bosh sahifa Yangiliklar Prezident nutqlari

Ijarada yashovchi talabalarning 50 foiz ijara puli to‘lab beriladi


Samarqand davlat chet tillar instituti

– bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashaydi. Bu masalani hal qilish bo‘yicha hukumat tomonidan alohida dastur tayyorlanmoqda. Unga ko‘ra, bunday farzandlarimizga 1 maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi. Albatta, bu ham davlatning puli, lekin boshqa ilojimiz yo‘q, - dedi davlatimiz rahbari.

Ta’kidlanishicha, dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming yosh qamrab olinadi. Shu bilan birga, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi.

Ushbu maqsadlar uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Prezident oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov, moliya vaziri T.Ishmetov, rektor va viloyat moliya boshliqlariga ijarada turgan talabalar bilan uchrashib, 1 maydan to‘lovlarni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zA

chop etish