Bosh sahifa Yangiliklar Grantlar va stipendiyalar

2021-2022 o’quv yilining bir semestri davomida Ispaniyaning Kadis universitetida o’qishni istaysizmi?


Unda Erasmus+ KA107 SMS IN dasturida ishtirok etish uchun (tanlovga) ariza topshiring!
Kimlar uchun: SamDCHTIning barcha bakalavriat (!!! bitiruvchi kurslardan tashqari), magistratura va PhD dasturlarida  tahsil olayotgan (barcha yo’nalish va fakultetlar) talabalar. (!!! 2-kurs magistrantlari ichki o’rindoshlik asosida SamDChTIda ishlayotgan bo’lsagina ariza topshirish huquqiga ega).
Talablar: Ispan yoki ingliz tili bo’yicha kamida B2 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘lish. Ispan yoki ingliz tilini tanlash Kadis universitetida tanlanadigan dasturning o’qitish tiliga bog’liq. PhD dasturi uchun, shuningdek, ilmiy ishlar ro’yxati talab etiladi.
Ushbu dastur bo’yicha faqat o’qish uchun to’lov Erasmus+ dasturi doirasida qoplanadi.
Qolgan barcha xarajatlar (viza, sug’urta, transport, yashash va boshqalar) ishtirokchining o’zi tomonidan amalga oshiriladi.
Ariza topshirish tartibi:
Barcha qiziquvchilar Kadis universitetida o’qish uchun o’ziga mos dasturni tanlagan holda motivatsiya xatini yozishlari (motivatsiya xati 400 ta so’zdan oshmasligi lozim) hamda SamDChTI Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qilishlari lozim. 
Kadis universiteti kurslari: https://asignaturas.uca.es/asig/
Kadis universiteti magistratura kurslari: https://oficinadeposgrado.uca.es/oferta-de-masteres-oficiales-2021-22/
Kadis universiteti PhD dasturlari: https://oficinadeposgrado.uca.es/oferta-de-programas-de-doctorado-por-la-universidad-de-cadiz/
Kadis universiteti tadqiqot guruhlari: https://www.uca.es/grupos/ 
Kadis universiteti haqida umumiy ma’lumot (Welcome Center Students): https://internacional.uca.es/welcome-center/students/?lang=en 
Ariza topshirishning oxirgi muddati – 24 aprel 2021 yil

chop etish