Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutiga 74 turdagi 560 dona kitob sovg’a qildi


Bugungi kunda talabalarni adabiyot, san’at, musiqa va kitobxonlikka jalb qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Albatta, shaxsning inson sifatida shakllanishida, ma’naviy yetuk bo’lishi hamda tafakkur tarzining kengayishida kitobning o’rni beqiyos.

Shunday ekan, talabalarni ular uchun kerakli bo’lgan darsliklar, o’quv-qo’llanmalari hamda foydali adabiyotlar bilan muntazam ta’minlab borish davr talabidir. Shu maqsadda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ajratilgan 74 turdagi 560 nusxadagi badiiy adabiyot va o’quv qo’llanmalari Samarqand davlat chet tillar instituti kutubxonasiga  tuhfa etildi.

— Qaysi fandan, qanday adabiyot yetishmayotgan bo’lsa, ularni ham yetkazib berishga tayyormiz, – deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktori Zafar Hakimov kitoblarni topshirish jarayonida.

Institut ma’muriyati bunday saxovati uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligigga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish