Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand davlat chet tillar institutida oʼtkazilayotgan kasting jarayonlaridan


 

Kelgusida institutda talabalar qiziqishidan kelib chiqqan holda musiqa ijrochiligi, anʼanaviy xonandalik va raqs sanʼati boʼyicha talabalar havaskorlik ansambllari tashkil etiladi. 

Shuningdek, talabalarning sanʼat va madaniyatga boʼlgan qiziqishini oshirish hamda havaskorlik ansambllari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlik oʼrnatiladi.

Jumladan, institutda haftada ikki marta hamda talabalar turar joyida haftada bir marta taniqli madaniyat va sanʼat xodimlari bilan ijodiy uchrashuvlar, spektakllar, kontsert-tomosha dasturlari, milliy maqom kuylari kechalarini tashkil etish yoʼlga qoʼyiladi.

SamDCHTI Аxborot xizmati

chop etish