Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

NNT Toshkent Fransuz Alyansi va SamDCHTI o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Bugungi kunda xorijiy tillarni o’qitish, til bilish darajasini beruvchi testlarga tayyorlash va testlarni tashkil etishga talab ortib bormoqda. Bundan kelib chiqib SamDCHTIda xorijiy tillarni o’qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, 2021-yilning 24-aprel kuni SamDCHTIda NNT Toshkent Fransuz Alyansi va SamDCHTI o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumi doirasida shu kunning o’zida Samarqandda birinchi marta DALF-DELF testlari boshlandi. Testlar 24/25 aprel kunlari institutning roman-german tillari fakulteti bonosida o’tkaziladi.

Shuningdek,  kelgusida SamDCHTIda Toshkent Fransuz Alyansining markazini tashkil etish borasida rejalar belgilab olindi. Markazda fransuz tilini o’rgatish bo’yicha hamda DALF-DELF testlariga tayyorlash bo’yicha kurslari tashkil etiladi. Tomonlar yaqin kelajakda ushbu rejani amalga oshirishga kelishib olishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish