Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yangi ta’lim dasturlari tashkil etiladi


Bugun, 27-aprel kuni Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsuli Salix Janer Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va uni rivojlantirish maqsadida institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashdi.

— Institut xorijiy tillarni o‘qitish, turizm va pedagogika sohalarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mintaqada yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Hozirda bizda ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, xitoy, koreys, yapon va rus tili kabilar asosiy xorijiy til sifatida, shuningdek, indonez, hind, fors va turk tillari esa ikkinchi chet tili sifatida o‘qitilib kelinmoqda, – deydi uchrashuv jarayonida institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov. — Janubiy Koreya, Malayziya, Xitoy va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning nufuzli oliygohlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan va hozirda institutda 12 nafar tajribali xorijlik mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti va Turkiya universitetlari o’rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini joriy etish, turkiyalik talabalarni Samarqand davlat chet tillar institutining yozgi kurslarga taklif etish,  institutda turk tili ikkinchi chet tili sifatida o’qitilayotganligi bois turk tili mutaxassislarini taklif etish hamda turk tilini asosiy til sifatida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kabilar muhokama qilindi uchrashuv doirasida.

Bosh konsul Salix Janer yuqorida muhokama qilingan takliflarni Toshkentdagi Turkiya elchixonasi orqali Turkiya universitetlariga yetkazishini hamda har bir taklifning ijobiy yechim topishida o’zining ko'magini ayamasligini, jumladan, turk tili darsliklari va adabiyotlari bilan ta’minlashda hamkorlik qilishni, kelajakda Samarqand davlat chet tillar institutida boshqa tillar kabi turk tili o‘qitishni rivojlantirishga yordam berishini bildirdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish