Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Samarqand davlat chet tillar instituti va Malayziyaning Bayneri Universiteti o’rtasida qo’shma ta’lim dasturi tashkil etiladi


2021-yilning 28-aprel kuni Malayziyaning Bayneri Universiteti, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari o’rtasida ta’lim sohasida hamkorlik o’rnatish maqsadida  videokonferensiya tashkil etildi. Unda ilmiy va akademik dasturlar bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari hamda o’zaro takliflar muhokama qilindi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Bayneri Universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisligida “Ta’lim menejmenti” qo’shma ta’lim dasturini tashkil etish hamda Samarqand davlat chet tillar institutida malay tili o’qitilishini yo’lga qo’yish bo’yicha fikr-mulohazalar almashinildi. Shuningdek, tomonlar o’zaro muzokaralarni doimiy davom ettirishga, navbatdagi uchrashuvda hamkorlik memorandumini imzolashga kelishishdi.

Jarayon so’ngida Bayneri Universiteti rahbariyati shuni ma’lum qildiki, endilikda Samarqand oliygohlari bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgach doktorantlarni Bayneri Universitetiga o’qishga qabul qilishini va bepul o’qitishni ma’lum qildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish