Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Urush faxriysi holidan xabar olinib, esdalik sovg‘alar topshirildi


9-may – O’zbekistonda xotira va qadrlash kuni. Bu kunda minglab O’zbekiston xalqi Motamsaro ona haykali ostiga gullar qo’yadilar va bu orqali Ikkinchi Jahon urushida qurbon bo’lganlar xotirasini yodga oladilar. Shuningdek, ushbu kun munosabati bilan urushda qahromonlik ko’rsatgan yurtimiz faxriylari holidan ham xabar olinadi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov  ishtirokidagi institut xodimlari Nurobod tumani Eyrig’ul qishlog’ida yashovchi 101 yoshni qarshilagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abilov Rahmon ota holidan xabar olish maqsadida otaxonning xonadonida bo’lishdi. Institut jamoasi urush faxriysini tabriklashdi, esdalik sovg‘alarni topshirishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish