Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilning 20-dekabrida imzolangan maxsus rezolyusiyada aynan shu kun "Jahon matbuot erkinligi kuni" deb e’lon qilingan.

Shu munosabatda bugun, 5-may kuni O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida teleradiostudiyalarning ochilish hamda oliygohlar o’rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda Samarqand davlat chet tillar instituti prorektori Otabek G’aybullayev ham ishtirok etdi. 2020/2021-o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo’nalishi ochildi va hozirda ta’lim yo’nalishida 30 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Prorektor Otabek G’aybullayev ushbu ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarning tajribasini va malakasini oshirish, shuningdek, talabalarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirishlari uchun o’quv qo’llanma va darsliklar yartatish borasida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish