Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi


Bugun, 21-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar”  mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Mazkur konferensiyani o’tkazishdan maqsad zamonaviy tilshunoslikning  keng imkoniyatlarini, istiqbolini taraqqiy ettirish, ertamiz egalari bo’lgan yosh avlodga mukammal holda yetkazishdan iborat bo'ldi.

Konferensiyani institut rektori I.Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, ushbu konferensiyada institut prorektorlari Sh.Ashurov va O.G'aybullayevlar, filologiya fanlari doktori, professor X.Xayrullayev, Turkiya respublikasi Kastanamo universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mustafa Said Arslanlar o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Jumladan, 100 da ortiq professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va o’zbek  tili bo’yicha mutaxassislar ham konferensiya ishtirokchisi bo’lishdi. “Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar”  mavzusida bo’lib o’tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga 200 ga yaqin ilmiy maqolalar kelib tushgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish