Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusida bugun, 27-may kuni “Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Anjumanda  15 dan ortiq xorijiy olimlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti va boshqa  oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishib, 130 dan ortiq ilmiy maqolalar rejalashtirilgan shoʻbalarda muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda anjumanda germanistika va romanistika hamda aspektologiyaning dolzarb muammolari, qiyosiy-tipologik tadqiqotlar, zamonaviy tarjimashunoslik, lingvodidaktika va chet tili nutqiga o‘rgatishning pedagogik-psixologik tamoyillari kabilar muhokama qilindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish