Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Namanganda o’tkazilgan xalqaro anjumanda Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi


Joriy yilning 27-28 may kunlari Namangan davlat muhandislik qurilish institutida “English in English: Improving Teacher and Student Confidence” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi ingliz tilini o’qitishni takomillashtirish bo’ldi.

Ushbu xalqaro anjumanda Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari ham bevosita ishtirok etishdi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish