Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Talabalar o’qishlarini Janubiy Koreyaning Sunchunyan universitetida davom ettirishadi


Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanib, 2+2 qo’shma ta’lim dasturi joriy etilganidan xabaringiz bor.

Ushbu 2+2 qo’shma ta’lim dasturida talabalar ikki yil Samarqand davlat chet tillar institutida va ikki yil Janubiy Koreyaning Sunchunyan universitetida tahsil olishadi. Jumladan, qo’shma ta’lim dasturidagi 30 nafar talabalar 1- va 2-bosqichda o’quv jarayonlarini Samarqand davlat chet tillar institutida davom ettirishdi.

Ushbu talabalarning o’qishini, ya’ni 3-, 4-bosqichni davom ettirishlari uchun Sunchunyan universitetiga yuborish hamda u yerda talabalarga barcha yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida ikkala oliy ta’lim muassasalari rahbariyati vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda talabalar hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va elchixonadan "Visa" olish uchun hujjatlarni kamchiliksiz tayyorlash hamda ushbu jarayonda qilinadigan sarf-xarajatlar to'g'risida fikr-mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish