Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish muhokama qilindi


Joriy yilning 4-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqullodda va muxtor elchisi Janob Olgan Bekar hamda Turkiyaning Samarqanddagi Bosh Konsuli janob Salih Janerlar, shuningdek, bir qator professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiyani Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va institut faoliyati, hamkorlik aloqalari, o’quv jarayonlari to’g’risida so’zlab o’tdi. Jumladan, konferensiya davomida Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda zamonaviy o’quv adabiyotlari va darsliklarni yaratish, shuningdek, kelgusida turk tilini asosiy chet tili sifatida o’qitish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida turk tilini o’qitish borasida qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda turk tili yo’nalishini ochish kabilar ham konferensiyada muhokama qilindi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish