Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Belorus Respublikasi hamda Samarqand oliygohlari o’rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda


Belorus Respublikasining Ta’lim vazirligi “Xalqaro aloqalar markazi” direktori va Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti prorektori joriy yilning 4-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyatining bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Belorus va Samarqand oliygohlari (Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand Ipak yo’li xalqaro turizm universiteti, Samarqand veterinariya meditsina instıtuti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Rossiya jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filiali) o‘rtasida o’zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mavjud hamkorlik ishlarini rivojlantirish va kengaytirish bo’yicha takliflar o‘rtaga tashlandi. Takliflar borasida muzokaralar ham olib borildi.

Uchrashuv yakunida yaqin kunlarda navbatdagi uchrashuvni videokonferensaloqa shaklida tashkil etish va muzokaralarni davom ettirishga kelishildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish