Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Litsey o’quvchilarining yutuqlari munosib taqdirlandi


Bugun, 5-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi direktori Z.Bazarov litseyda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar hamda o’quvchilar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida Z.Bazarov litsey faoliyati, o’quv jarayonlari, mazkur o’quv yilining muvaffaqiyatli yakunlanganligi hamda erishilayotgan yutuqlar haqida so’zlab o’tdi.

Jumladan, 2020/2021 o'quv yilida akademik litseylar, kasb-hunar hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilgan Respublika olimpiadasida nemis tili fanidan faxrli 2-o‘rinni qo’lga kiritgan I.Mamatmurodova hamda sportning "100 katakli shashka" turi bo'yicha o'smirlar o'rtasida o’tkazilgan O'zbekiston chempionatida 1-o’rinni qo’lga kiritgan I.Abdurasulovlar erishgan yutuqlari munosabati bilan muborakbod etilib, ularga diplom hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Shuningdek, I.Mamatmurodova hamda I.Abdurasulovlarning ota-onalariga ham litsey ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish