Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Prezident qarorining ijrosi ta’minlanmoqda yoxud Moybuloq qishlog’idan xorijiy tillarni o’qitadigan markaz ochildi


Davlat rahbarining 2021-yil 19-may kuni chiqarilgan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli qaroriga asosan Kattaqo’rg’on tumani Moybuloq qishlog’ida joylashgan Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi texnikum (sobiq Agrotadbirkorlik va servis kasb-hunar kolleji) da xorijiy tillarni o’qitadagan markaz ochildi.

Hozirda xorijiy tillarni o’qitadagan ushbu markaz faoliyati davom etmoqda. Markazga Moybuloq hamda uning atrofidagi qishloqlardan 20/25 nafar o’quvchi chet tillarni o’rganish uchun kelishmoqda. Kelgusida mazkur o’quv markazining faoliyatini hamda o’quvchilar qamrovini kengaytirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish