Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Webster Universiteti faoliyatini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar almashinildi


Bugun, 8-iyun kuni AQSHning Webster Universiteti rektori doktor John Grainger, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, shuningdek, Toshkentdagi Webster Universiteti hamda Samarqanddagi Webster universitetlari professor-o’qituvchilari ishtirokida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Bundan bir necha yil oldin Samarqand davlat chet tillar institutida ham AQSHning Webster Universiteti ochilgan. Bunda hozircha faqat magistrantlar 1 o’quv yili davomida tahsil olishadi.

Onlayn uchrashuv davomida Samarqand davlat chet tillar institutidagi Webster Universitetining faoliyatini rivojlantirish, mazkur o’quv yilining muvaffaqiyatli yakunlari, yangi o’quv yili hamda Universitetga qabul jarayonlarini tashkil etish, yangi ta’lim yo’nalishlarini joriy etish kabilar yuzasidan fikr va mulohazalar almashinildi.

Shuningdek, joriy yil Universitet bitiruvchilarini tantanali kuzatish rejalari belgilab olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish