Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Xorijiy tillarni ommalashtirish borasida fikr-mulohazalar almashinildi


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19-may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli qororiga muvofiq respublikamizda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi, viloyatlarda esa agentlikning hududiy bo’limlari tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek, har bir viloyatda xorijiy tillarni o’qitish borasida tayanch oliy ta’lim muassasalari bo’lishi ham alohida ko’rsatib o’tildi. Samarqand viloyatida xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha tayanch oliygoh Samarqand davlat chet tillar instituti. Shunga muvofiq bugun, 9-iyun kuni agentlikning hududiy vakili hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Professor-o’qituvchilar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo’lish imtihonlarni tashkil etish chora-tadbirlari, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalari xorijiy til o’qituvchilarining malakasini oshirish, agentlikning hududiy bo’limi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyatini rivojlantirish borasida hamkorlikni mustahkamlash, umumta’lim va oliy ta’limda tahsil oluvchi o’quvchi yoshlarning xorijiy tillarni bilish ko’nikmalarini oshirish kabilar yuzasidan fikr-mulohzalar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati  

chop etish