Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Samarqand davlat chet tillar institutida “Karyera kunlari-2021” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi


2021-yilning 10-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Karyera kunlari-2021” mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilariga viloyatda mavjud bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot berish va ularni ish bilan ta’minlash maqsadida o’tkazildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Tadbirni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berib, mazkur tadbirning maqsad va vazifalari haqida ishtirokchilarga  ma’lumot berib o’tdi.

Tadbirda viloyatdagi barcha ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etishdi, jumladan, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (barcha tuman XTB kadrlar bo‘limi boshliqlari), viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi (barcha tuman MTB kadrlar bo‘limi boshliqlari hamda ingliz tili o‘qituvchisiga ehtiyoji bo‘lgan barcha MTT mudiralari), viloyat ichki ishlar boshqarmasi “Xavfsiz turizimni ta’minlash boshqarmasi”, Samarqand xalqaro aeroporti hamda ELXOLDING ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasi ishtirok etishdi.

Yig’ilishdan so’ng barcha ish beruvchi tashkilotlar bitiruvchilar bilan suhbat o’tkazishib, ularni o’zlarida mavjud ish o’rinlari bilan tanishtirdilar.

Bugungi tadbir natijasida 185 nafar bitiruvchimiz uch tomonlama shartnoma imzolashdilar.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, 2020-2021-o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavr bosqichi bo‘yicha bitiruvchilar soni 837 nafarni, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 154 nafarni tashkil etadi. Shundan bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 179 nafari davlat granti, 658 nafari kontrakt asosida, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 21 nafari davlat granti va 133 nafari kontrakt asosida tahsil olishmoqda.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish